Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank 759 ming dollarni o‘zlashtirgani fosh qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyat boshqarmasi bank tizimidagi yirik miqdordagi talon-tarojlikni fosh qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Boshqarma tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, mazkur bank mijozlari hisoblangan 10ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning valyuta hisob-raqamlarida bo‘lgan 759 ming AQSh dollarini ularning xabarisiz boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning hisob raqamlariga noqonuniy o‘tkazib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan TIF «Milliy bank» Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 03.03.2026
Andijonda ta’lim mansabdorlari qimor o‘ynayotganda ushlangan
12:53 / 24.02.2026
Andijon viloyatida infratuzilma loyihalari moliyalashtirilishi kuchaytiriladi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
09:19 / 14.02.2026