Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning suv omborlari bo‘yicha qarori qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Suv omborlari, yirik kanallar va gidrotexnika inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ularni boshqarishni avtomatlashtirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 17 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3672-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, bunda suv xo‘jaligi tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Hujjat bilan 2019-2021 yillarda suv omborlari, yirik kanallar va gidrotexnika inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ularni boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan Dasturda belgilangan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ularni boshqarishni avtomatlashtirish ishlari uchun talab etiladigan mablag‘larni ajratilishini inobatga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yirik suv xo‘jaligi inshootlarini boshqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi Dasturda belgilangan loyihalarning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishiga mas'ul ekanliklari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026