Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin O‘zbekistonga qachon keladi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun «Valday» xalqaro munozaralar klubi ishida ishtirok etadi, deya ma'lum qildi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda FAN xabar bermoqda.
Peskovning aytishicha, davlat rahbari har yili «Valday» klubi a'zolari bilan uchrashib, ularning oldida ma'ruza qiladi. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu yil «modallik boshqacha bo‘ladi». Uning aniqlik kiritishicha, «prezidentning shunga o‘xshash kirish nutqi kutilmayapti».
Kreml vakilining qo‘shimcha qilishicha, Putin bilan suhbat ikki qismdan iborat bo‘ladi. Ikkinchi qismda prezident munozaralar klubi ishtirokchilarining savollariga javob beradi. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv «qiziqarli bo‘ladi». Keyin Rossiya rahbari bilan suhbat norasmiy shaklda davom etadi.
Ta'kidlanishicha, kechqurun Putin O‘zbekistonga jo‘nab ketadi.
«Ertaga butun kun Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlanadi», - deya qayd etib o‘tdi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, 18-19 oktabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026