O‘zbekiston | 10:11 / 18.10.2018
7068
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston YaIM yanvar-sentabr oylarida 5,2 foizga o‘sdi

Foto: KUN.UZ

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar – sentabrida O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2%ga o‘sdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, YaIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar – sentabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni tashkil etdi. 

Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7 433 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5%ga yuqoridir.

Iqtisodiy o‘sish sur'ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (keyingi o‘rinlarda YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 86,3%ini tashkil etdi va 5,3%ga o‘sdi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta'siri 4,6 foiz punktni tashkil etdi). 

Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 13,7%ni tashkil etdi va 4,5 % darajasida o‘sish qayd etildi (YaIM mutlaq o‘sishiga ta'siri 0,6 f.p.).

YaIM o‘sish sur'atiga xizmatlar sohasi eng katta ta'sir ko‘rsatdi (2,5 f.p.) va bu soha o‘tgan yilning yanvar-sentabriga nisbatan 6,0%ga o‘sdi. Shundan, savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta'mirlashni qo‘shgan holda) 3,9%ga, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 5,6%ga, tashish va saqlash 3,9%ga, axborot va aloqa 17,0%ga va boshqa xizmatlar 6,4%ga o‘sdi.

Mavzuga oid