Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta terimchilariga 100dan ortiq badiiy adabiyotlar sovg‘a tariqasida tarqatildi
Mamlakatda 2018 yilgi paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini ayni qizg‘in pallada. Terimchilar paxta hosilini yig‘ib olish ishlarida belni mahkam bog‘lab, fidokorona mehnat qilishmoqda.

Ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbariyati hamda xodimlari, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani Andijon mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Mustaqil SIU Qodir, Abdulla, Latif” fermer xo‘jaligidagi 88-90 otryadlariga mahalliy hamda “Boliyev Olim Esonboyevich” nomli fermer xo‘jaligi paxta dalalariga tashrif buyurdi.
U yerda mahalliy terimchilar bilan uchrashib, kichik badiiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida nashriyot tomonidan chop etilgan, umumiy hisobda 100dan ortiq eng sara badiiy adabiyotlar terimchilarga sovg‘a tariqasida tarqatildi.


Bundan tashqari, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblar ham taqdim etildi.





Mavzuga oid
10:00 / 15.06.2026
O‘qigan har bir kitob uchun uch kun: mahkumlar uchun yangi tartib tasdiqlandi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
09:57 / 12.05.2026