O‘zbekiston | 19:53 / 19.10.2018
30664
2 daqiqa o‘qiladi

Podolsk shahrida yuz bergan YTHda o‘zbekistonlik migrantlar halok bo‘ldi 

Moskva oblastida “Saxarovo” migratsiya markaziga ishga ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun ketayotgan o‘zbekistonlik migrantlar yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi.

Voqea 17 oktabr kuni Moskva oblastidagi Podolsk shahar okrugi hududida yuz bergan. Eski Simferopol shossesining 44-kilometrida Toyota Land Cruiser avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Mitsubishi mikroavtobusini katta tezlikda kelib urishi oqibatida 4 kishi – uch ayol va bir erkak halok bo‘lgan, yana uch kishi og‘ir ahvolda Podolsk shahar shifoxonasiga olib ketilgan.

Mitsubishi Grandis haydovchisi 27 yoshdan 48 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklarni Saxarovo qishlog‘ida joylashgan Ko‘p tarmoqli migratsiya markaziga ishga ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun olib ketayotgan bo‘lgan.

Yo‘lda haydovchining mashinasi balloni yoriladi va u mikroavtobusni bir chetga to‘xtatib, yo‘lga belgi qo‘yish uchun ketayotganida ichida migrantlar o‘tirgan mikroavtobusga katta tezlikda qiz bola boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser avtomashinasi kelib uriladi.

To‘rt kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, yana uch kishi kishi shifoxonaga olib ketilgan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid