Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadro quroli, Tramp bilan munosabatlar va millatchilik haqida. Putin «Valday»da nimalar dedi?
Vladimir Putin “Valday” munozaralar klubida ishtirok etib, ekspertlar savollariga javob qaytardi. Quyida uning ayrim javoblari bilan tanishishingiz mumkin.
Kerchdagi fojia haqida
Putin Kerchdagi kollejda sodir bo‘lgan fojia globallashuv natijasi ekanligini aytdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda, internetda to‘laqonli jamiyatlar tuzilganini ko‘rib turibmiz, hammasi Qo‘shma Shtatlardagi maktablardagi fojiali voqealardan boshlangan”, — dedi Rossiya prezidenti.
U internetda yoshlar uchun kerakli ma'lumotlar judayam kamligini va shuning uchun uning o‘rnini salbiy narsalar egallaganligini qayd etdi.
“Ruhiyati barqaror bo‘lmagan yoshlar qandaydir soxta qahramonlarga taqlid qilishmoqda, bu esa barchamiz, nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda o‘zgarishlarga yetarlicha e'tibor bermayotganligimizdan dalolat beradi”, — ta'kidladi Putin.
Yadro quroli haqida
Putin yadro qurolining qo‘llanilishi butunjahon falokatiga teng ekanligini va Rossiya buning tashabbuskori bo‘lmasligini ta'kidladi.
“Bu vaziyatda bizga qarshi yadro quroli qo‘llanilishini kutamiz”, — qayd etdi Rossiya prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva faqatgina uning hududiga yadroviy zarba berilganida yadro qurolidan foydalanadi.
“Biz Rossiya hududiga hujum bo‘lganiga ishonch hosil qilganimizda, bu esa bir necha soniya ichida aniq bo‘ladi, javob zarbasini beramiz. Bu biz tomonga kelayotgan zarba uchun tajovuzkorga javob bo‘ladi”, — ta'kidladi Putin.
U Rossiyaga qarshi kim yadroviy qurol ishlatadigan bo‘lsa “tajovuzkor qasosdan qochib qutulolmasligini, u yo‘q qilib yuborilishini bilishi lozimligini” aytdi.
“Biz, tajovuz qurbonlari jannatga tushamiz, ular esa tavba qilishga ham ulgurmasdan o‘lib ketishadi”, — qo‘shib qo‘ydi Rossiya prezidenti.
Tramp bilan munosabatlar haqida
Putindan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi taassurotlari haqida ham so‘rashdi.
U muzokaralarni yo‘qqa chiqarishga urinishlarga qaramasdan, uchrashuv ijobiy o‘tganini qayd etdi.
“U yerda nimalar sodir bo‘layotganini ko‘rib turibmiz. Bir-biri bilan to‘xtovsiz talashib-tortishishdan ko‘ra o‘zaro muloqot qilgan ma'qul”, — dedi Putin.
“To‘g‘ri millatchilik” haqida
Vladimir Putin Rossiya qiyinchiliklarni qanday yengib kelayotganiga ham to‘xtaldi.
“Avvalo, shuning uchunki, avvaldan bu davlatni tashkil etgan millatlar va turli dinlar vakillariga nisbatan toqatli munosabat shakllangan. Bu Rossiya mavjudligining asosidir”, — dedi u.
Rossiya rahbari davlat ichidagi millatlarga nisbatan behurmatlikni o‘z ichiga olgan “g‘or millatchiligi” va “to‘g‘ri millatchilik” o‘rtasida farq borligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa millatlarni kamsitish mamlakatni parokandalikka olib keladi.
Biologik qurol haqida
Putin Gruziya hududida genetik sinovlar o‘tkazilayotganligi haqida eshitganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda darhaqiqat bunday sinovlar o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bu “juda xavfli va genetika sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan bog‘liq” ekanligini bildirdi.
“Aytishlaricha, hayvonlar ustida shunday tajribalar o‘tkazilmoqda. Itlar, kalamushlarda... dastlabki qiyofani butkul o‘zgartirib yuboradigan holatlar sodir bo‘lmoqda. Agarda bu rost bo‘lsa, u juda katta tahdiddir. Bunga qarshi qanday kurashish kerak – anglashimiz lozim, hamma tushunishi shart, hech narsa yo‘q yerdan paydo bo‘lmaydi va yo‘q bo‘lib qolmaydi. Kimdir bunga kirishgan bo‘lsa, boshqalar ham shu bilan shug‘ullanishlarini anglashi darkor. Yaxshisi, o‘ta nozik bu sohada yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim”, — dedi u.
“Valday” xalqaro munozaralar klubi Rossiyaning tashqi va ichki siyosatini o‘rganishga ixtisoslashgan taniqli ekspertlarning yig‘ilishidir. Klub 2014 yilda tashkil etilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026