Sport | 23:00 / 20.10.2018
6537
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Yuventus» ilk marta ochko yo‘qotdi

Italiya chempionati 9-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Yuventus» o‘z maydonida «Jyenoa» bilan o‘ynadi va 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. 

Turinliklar bahsda juda katta tashabbusga ega bo‘lishdi. 18-daqiqada Ronaldu hisobni ochdi. Shundan so‘ng ham «Yuventus»da gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo «Jyenoa» himoyasi boshqa xatoga yo‘l qo‘ymadi. 67-daqiqada esa himoyachilar xatosi uchun «Yuventus»ni jazoladi - Bessa to‘pni boshi bilan Shchensni darvozasiga yo‘lladi.

Bu «Yuventus»ning mavsumdagi ilk marotaba ochko yo‘qotishi bo‘ldi. Jamoa 25 ochko bilan ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. «Jyenoa» 13 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

A Seriya, 9-tur
Yuventus – Jyenoa 1:1
20 oktabr, «Alyants Stedium» 
Gollar: 1:0 – 18 Ronaldu, 1:1 – 67 Bessa. 
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Benatiya, Pyanich, Bentankur, Matyuidi (Dibala, 71), Kuadrado (Duglas Kosta, 59), Mandjukich (Bernardeski, 81), Ronaldu.
Jyenoa – Radu, Romero, Krishito, Pedru Pereyra (Gyunter, 79), Biraski, Romulo, Lazovich, Sandro, Bessa (Xilemark, 82), Pyontek, Kuame (Pandev, 85).
Ogohlantirishlar: Romero (9), Benatiya (30), Krishito (71).

Mavzuga oid