Sport | 20:55 / 22.10.2018
4810
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Manchester Siti»ning Chempionlar Ligasidagi g‘alabaga tayyor emasligini aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Shaxtyor»ga qarshi o‘yindan oldin, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chempionlar Ligasidagi ahvolimiz yomon emas. Hozircha, hammasi reja asosida ketmoqda. 

Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishga tayyormizmi? Men Barselonada tug‘ilib, futboldagi ilk qadamlarimni o‘sha yerda tashlaganman. G‘alaba qozonish — qonimda bor. Futbol — bu o‘yin, har doim ham g‘alaba qozona olmaymiz. Faqat xohishning o‘zi yetmaydi. Tajriba va ma'lum bir qulay holatlar kerak. To‘g‘risini aytsam, hozir bunga tayyor emasmiz. Biz ishlaymiz va g‘alaba qozonish uchun hammasini qilamiz», — deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda UYeFA.

«Shaxtyor» - «Manchester Siti» o‘yini 23 oktabr kuni soat 23:59da boshlanadi.

Mavzuga oid