Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmaslik yo‘li aytildi
Foto: Melhi/Getty Images
Uestmid tibbiy tadqiqotlar instituti olimlarining ko‘rsatishicha, nitratlarga boy sabzavotlar, masalan, lavlagi va salat yashil barglarini iste'mol qilish sariq dog‘ (ko‘z to‘rpardasining ko‘rish nervi oldidagi eng sezgir joyi) degeneratsiyasi erta bosqichi rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress'dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.
Sariq dog‘ degeneratsiyasi (makulodistrofiya) - yoshga bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, bunda ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. U 55 yoshdan oshganlarda ko‘zi zaiflik yuz berishi bilan bog‘liq holatlarning taxminan yarmiga sabab sanaladi. Shu bilan birga, ko‘z pardasi hujayralarini oziqlantiradigan tomirlarning o‘lishi yuz beradi.
15 yil davom etgan uzoq muddatli tadqiqotda 49 yoshdan oshgan ikki mingdan ziyod kishi ishtirok etdi. Ma'lum bo‘lishicha, kuniga 100-142 milligramm sabzavot nitrati iste'mol qilganlarda makulodistrofiya paydo bo‘lish xavfi ikki barobarga kamroq iste'mol qilganlarga qaraganda 35 foizga kam bo‘lgan. Ushbu miqdordan oshish hech qanday qo‘shimcha foyda bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir kishi qancha odamning yuzini eslab qolishi aniqlangandi.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
10:15 / 26.11.2025
Xorijdan keladigan «ko‘z shox pardasi» bioprotezlari uchun alohida tartib joriy etildi
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
03:05 / 16.11.2025