Bir kişi 5 mingga yaqin odamning yuzini eslab qolişga qodir. Buni York universiteti psixologlari aniqlaşdi. Tadqiqot natijalari Proceedings of the Royal Society B jurnalida e'lon qilindi.

Bir soat davomida 25 nafar köngilli öz hayoti davomida duç kelgan odamlarning imkon qadar köproq yuzini eslaşlari kerak edi. Söngra, yana bir soat davomida ular maşhur bölgan şaxslarning - aktyorlar, musiqaçilar, siyosatçilarning yuzini esga olişlari talab etildi. Ismlarni eslab qoliş ixtiyoriy edi. Iştirokçilar sinovlarning dastlabki daqiqalarida odam yuzini yaxşi eslaşgan. Bundan taşqari, iştirokçilar qaysi maşhurlarni bilişi maqsadida olimlar ularga 3441 nafar taniqli odamning suratlarini körsatdilar. Javob agar iştirokçi taniqli şaxsni kamida ikkita fotosuratda tanigan bölsa, hisobga olindi.

Iştirokçilar 1000tadan 10 minggaça odam yuzini eslaşgan. Ular örtaça hisobda 5000ga yaqin yuzlarni yodga olişdi. Garçi tajribada bir neçta çeklovlar mavjud bölgan bölsa-da, uning natijalari iştirokçilarning rost sözlaşiga boğliq edi. Tadqiqotçilar bu natijalar foydali bölişini kutişmoqda. Xususan, ba'zi odamlar boşqalarga qaraganda qanday qilib köproq odamlar yuzini eslaşi mumkinligini aniqlaş kerak. Bundan taşqari, aholining qariyb 2%i yuzlarni tanimaslik - prozopagnoziyadan aziyat çekadi. Tadqiqotçilarning fikriça, odamlar qanday qilib yuzlarni tanib olişi böyiça töplangan ma'lumotlar bu muammoga yeçim topişda yordam berişi mumkin.