O‘zbekiston | 09:00 / 22.10.2018
27564
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston rahbariyati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: REUTERS/Adnan Abidi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi prezidenti Ram Nath Kovindga, bosh vaziri Narendra Modiga va do‘st Hindiston xalqiga Panjob shtatining Amritsar shahrida yuz bergan temir yo‘l fojiasi oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur ta'ziya bildirdi.

TIV xabariga ko‘ra, davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oilalariga va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor etgan, jarohatlanganlarga esa tez muddatlarda sog‘ayib ketishlarini tilagan.

Hindistonning Amritsar shahrida (Panjob viloyati) yo‘lovchi poyezdi katta tezlikda odamlarni urib yubordi. Fojia oqibatida 50 dan ko‘proq odam hayotdan ko‘z yumgan. Halokat 19 oktabr kechki vaqt yuz bergan. Fojia vaqtida temir yo‘l izlarida 300 dan 700 gacha kishi turib, “Ramayana” hind dostonidagi qahramonlardan biri Ravanning tulumi yoqib yuborilishi marosimini tomosha qilishayotgan bo‘lgan. Ushbu marosim ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasini ifodalovchi hind festivali Dasharaning nishonlanishi doirasida o‘tayotgan bo‘lgan.

Mavzuga oid