Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda poyezd olomonni urib yuborishi oqibatida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Amritsar shahrida (Panjob viloyati) yo‘lovchi poyezdi katta tezlikda odamlarni urib yubordi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 50 dan ko‘proq odam hayotdan ko‘z yumgan.
Massive train accident in Amritsar, Punjab while train ran on the people gathered at railway track to burn effigy of Ravan close to the track. Approximately 300 people were there. Unconfirmed reports of 200 casualty so far.#Punjab pic.twitter.com/YfabzOCCIp
— TejKaran Prajapati (@TKprajapati_) 19 oktabrya 2018 g.
Panjob viloyati hukumati vaziri Om Prakash Sonining aytishicha, halok bo‘lganlar soni 100 dan 150 kishigachani tashkil qilishi mumkin. Qurbonlarni qidirish qutqaruvchilarda fonarlar yo‘qligi, ularni telefon yordamida qidirishga to‘g‘ri kelayotgani sababli murakkablashgan.
Halokat 19 oktabr kechki vaqt yuz bergan. Fojia vaqtida temir yo‘l izlarida 300 dan 700 gacha kishi turib, “Ramayana” hind dostonidagi qahramonlardan biri Ravanning tulumi yoqib yuborilishi marosimini tomosha qilishayotgan bo‘lgan. Ushbu marosim ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasini ifodalovchi hind festivali Dasharaning nishonlanishi doirasida o‘tayotgan bo‘lgan.
Guvohlarning aytishicha, yaqinlashib kelayotgan poyezd ulkan tulumning yonishi vaqtida portlagan petardalar shovqini sababli eshitilmagan. Ta'kidlanishicha, poyezd yo‘l yopiqligiga qaramasdan, Amritsardan Jalandxar shahri tomon ketayotgan bo‘lgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, voqeaga bir-biriga qarab kelayotgan ikki poyezd sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:40 / 14.07.2026
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026