Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi dollar kursi o‘sishini kutmoqda
Foto: UNIAN
Markaziy bank tomonidan so‘rovda ishtirok etganlarning katta qismi fikricha, O‘zbekistonda dekabr oyining oxiriga kelib dollar kursi 8289 - 8310 so‘mlik ko‘rsatkichda bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bankning «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari, 2018 yil III chorak» hisobotida aytiladi.
2018 yil yanvar - sentabrda o‘tkazilgan so‘rovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida jami 750 nafar jismoniy shaxs va 300 ta yuridik shaxs ishtirok etdi.
So‘rov yakunlari bo‘yicha «8289-8310 so‘m» varianti ham jismoniy shaxslar, ham yuridik shaxslar tomonidan eng ko‘p tanlandi. Respondentlar bir oz kamroq darajada «7882 - 7890» variantini ko‘rsatishdi. Dollarning kursi 7500 so‘m atrofida bo‘lishiga ishonayotganlar soni juda kam.
Qayd etish kerakki, oxirgi oylardagi so‘mning qadrsizlana boshlashi so‘rovda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarning kelgusidagi AQSh dollarining so‘mga nisbatan almashuv kursi bo‘yicha kutilmalarida o‘z aksini topdi.
Mavzuga oid
09:30 / 14.02.2026
Markaziy bank qo‘mitasi: 4 to‘lov tashkiloti ogohlantirildi, 8 ta tashkilotga jarima
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
11:11 / 29.01.2026