Iqtisodiyot | 17:23 / 22.10.2018
21039
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qirg‘izistondan qancha elektr energiyasi sotib olgani ma'lum bo‘ldi

Foto: Pixabay

2018 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti 2-2,4 sentlik narxda 16,2 mln dollarlik qiymatdagi 754 mln. kVt.s.ni tashkil etdi. Bu haqda FOR.kg xabar bermoqda.

Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Aytmamat Qodirboyev ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, 2017 yilga nisbatan eksport hajmi 450 million kilovatt-soatga kamaygan. Buning sababi, 2017 yilda Toktogul suv omboriga suv oqimi ko‘proq bo‘ldi.

«Elektr stansiyalar» OAJ ichki iste'mol uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi hajmi ishlab chiqarilishini ta'minladi. Shu tariqa, 2018 yil yanvar-sentabr oylarida elektr energiyasi ishlab chiqarish 10,8 mlrd. kVt.s.ni tashkil etdi, bu 2017 yil yanvar-sentyabga nisbatan 0,6%ga ko‘p», - dedi Qodirboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil 17 oktabr holatiga Toktogul suv omborida suv hajmi 19,2 milliard kubometrni tashkil etadi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (19,46 milliard kubometr) 256 million kubga kam.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘izistonning «kartoshka urushi» haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid