Jahon | 01:22 / 23.10.2018
8948
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Rossiya prezidentlarining yangi sammiti muhokama qilindi 

Foto: Aleksey Nikolskiy/TASS

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev o‘zaro uchrashuvda yangi Rossiya-AQSh sammitini tashkillashtirishni muhokama qilishdi.   

“Ha, biz buni muhokama qildik va men Nikolay Patrushevga bu borada qanday imkoniyatlarni ko‘rayotganimizni aytdim. U barcha aytilganlarni prezident Vladimir Putinga yetkazib qo‘yishini aytdi. Rossiya prezidentining qarori qanday bo‘lishini oldindan aytishni istamayman, biroq, ehtimol yaqin orada sizlarga aytadigan gaplar bo‘ladi”, deb aytib o‘tgan Bolton.

“Siz ular ikkisi bo‘ladigan ikkita joyni belgiladingiz. Biz ham Xelsinkida o‘tganga o‘xshash sammit boshqa yerda bo‘lishini tasavvur eta olamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Bolton.

16 iyulda Xelsinkida Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk katta ko‘lamli uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Bundan tashqari, Tramp va Putin noyabrda Parij va Buenos-Ayresda uchrashuvlar o‘tkazishi mumkinligi ma'lum qilingan.

Mavzuga oid