Jahon | 08:56 / 23.10.2018
53473
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi ochildi

Hongkong, Makao va Guangdong provinsiyasining Chjuxay shahrini bog‘laydigan, 55 kilometrlik dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi seshanba kuni Xitoy janubida rasmiy ravishda ochildi.

Foto: AP

Xitoy markaziy televideniyesi xabar berishicha, ochilish marosimi XXR raisi Si Tszinpin, Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lam, XXR Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xan Chjen, Guangdong provinsiyasi partiyasi qo‘mitasi kotibi Li Si va taxminan 700 nafar mehmon ishtirokida Chjuxay shahrida bo‘lib o‘tdi.

Foto: AP
Foto: AP

Hongkong va Guangdong provinsiyasini ko‘prik bilan bog‘lash g‘oyasi 1980-yillar oxirida paydo bo‘lgan, ammo yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida ehtimoliy loyihalardan biri bo‘lib qoldi. 2003 yilda Xitoy markaziy hukumati loyihani oldindan hisoblash va ishlab chiqish haqida ko‘rsatma berdi.

Ko‘prik qurilishi 2009 yil dekabr oyida boshlandi. U 2016 yilda tugallangan bo‘lishi kerak edi, biroq ko‘plab omillar, jumladan, korrupsiya, byudjyetni qayta ko‘rib chiqish, avariyalar, baxtsiz hodisalar va noqulay ob-havo sharoitlari bunga to‘sqinlik qildi. Shunga qaramay, 24 oktabr kuni Hongkong, Makao va Chjuxay aholisi yangi transport yo‘lining afzalliklariga baho berishlari mumkin bo‘ladi, u Hongkongdan Chjuxaygacha masofani uch soatdan 30 daqiqagacha qisqartiradi.

Foto: REUTERS

Loyiha muhandislari murakkab tuzilmani yaratishdi, u umumiy uzunligi 22,9 km bo‘lgan suv ustidagi ko‘prikning bir necha qismi, 6,7 kilometrlik suv osti tunneli, bir necha sun'iy orollar, shuningdek, maxsus chegara nazorat-o‘tkazish punktlaridan iborat.

Po‘lat ko‘prikning og‘irligi 400 ming tonnani tashkil etadi. U 120 yilgacha xizmat ko‘rsatishi kerak va soatiga 300 kilometrdan ko‘proq shamol tezligiga ega juda kuchli to‘fon hamda 8 magnitudali zilzilaga bardosh beradi.

Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS

 

 

Mavzuga oid