Hongkong, Makao va Guangdong provinsiyasining Çjuxay şahrini boğlaydigan, 55 kilometrlik dunyodagi eng uzun dengiz köprigi seşanba kuni Xitoy janubida rasmiy ravişda oçildi.

Xitoy markaziy televideniyesi xabar berişiça, oçiliş marosimi XXR raisi Si Tszinpin, Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lam, XXR Davlat kengaşi boş vaziri örinbosari Xan Çjen, Guangdong provinsiyasi partiyasi qömitasi kotibi Li Si va taxminan 700 nafar mehmon iştirokida Çjuxay şahrida bölib ötdi.


Hongkong va Guangdong provinsiyasini köprik bilan boğlaş ğoyasi 1980-yillar oxirida paydo bölgan, ammo yigirma yildan köproq vaqt mobaynida ehtimoliy loyihalardan biri bölib qoldi. 2003 yilda Xitoy markaziy hukumati loyihani oldindan hisoblaş va işlab çiqiş haqida körsatma berdi.
Köprik qurilişi 2009 yil dekabr oyida boşlandi. U 2016 yilda tugallangan bölişi kerak edi, biroq köplab omillar, jumladan, korrupsiya, byudjyetni qayta körib çiqiş, avariyalar, baxtsiz hodisalar va noqulay ob-havo şaroitlari bunga tösqinlik qildi. Şunga qaramay, 24 oktabr kuni Hongkong, Makao va Çjuxay aholisi yangi transport yölining afzalliklariga baho berişlari mumkin böladi, u Hongkongdan Çjuxaygaça masofani uç soatdan 30 daqiqagaça qisqartiradi.

Loyiha muhandislari murakkab tuzilmani yaratişdi, u umumiy uzunligi 22,9 km bölgan suv ustidagi köprikning bir neça qismi, 6,7 kilometrlik suv osti tunneli, bir neça sun'iy orollar, şuningdek, maxsus çegara nazorat-ötkaziş punktlaridan iborat.
Pölat köprikning oğirligi 400 ming tonnani taşkil etadi. U 120 yilgaça xizmat körsatişi kerak va soatiga 300 kilometrdan köproq şamol tezligiga ega juda kuçli töfon hamda 8 magnitudali zilzilaga bardoş beradi.

















