Jamiyat | 16:48 / 23.10.2018
25588
1 daqiqa o‘qiladi

MIBning soxta xodimi fuqaroni 31 000 dollarga «uxlatdi»

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Joriy yilning 22 oktabr kuni IIVga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil may oyida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Bo‘zsuv” QFYda yashovchi O.U., Toshkent tumanida yashovchi X.S.ga o‘zini MIB xodimi deb tanishtirib, unga Yunusobod tumani Markaz 6-dahadagi xonadonlardan birini MIB tomonidan xatlangan va auksion savdosiga qo‘yilgan mulk sifatida ko‘rsatib, 2 oy muddat ichida arzon narxda olib berishini va'da qilgani va aldov yo‘li bilan 17 may kuni undan 31000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmaganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.U. qo‘lga olingan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid