Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murojaat natijasi: Endi charxnovzaliklar yomg‘irni hadik bilan kutishmaydi
Shu oyda «Kun.uz» saytida Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi uylar bo‘yicha «Toshkent markazida tomi ochiq uylar. «Charxnovza» mahallasi yomg‘irdan nega qo‘rqadi?» sarlavhasi ostida material e'lon qilingan edi.
«Ozod Vatan kommunalchi» uy-joy shirkati rahbari «Obod mahalla» dasturiga tushgan hududda joylashgan uylarning tomlari pudratchi tomonidan yopib berilmayotganidan shikoyat qilgandi.
Ushbu masala tez muddatda hal qilingan.
Bizga xabar berishlaricha, ayni vaqtga kelib, hududdagi uylarning tomlari yopib berilgan.
Murojaatchi, uy-joy shirkati rahbari Nilufar Umarovadan fikr oldik.
«Bo‘lib o‘tgan ishlardan so‘ng, tomi ochiq holda turgan 8-, 9-, 10- va 24-uylar tomlarini yopish ishlari tugatildi. Endi bu uy vakillari qishni qo‘rqmasdan qarshilashlari mumkin. Bundan oldin prokuraturaga murojaatimdan so‘ng, ikkita uyning tomini yopib berishgan edi. Ochig‘i hayronman. Bu ishlarning hammasi bajarilmagan ishlarni bajarildi deb aytishdan kelib chiqmoqda. Quruvchi ham, shirkat ham, sektor rahbari ham shunday ishlar sabab jabrdiyda bo‘lmoqda. Ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak. Hozirgi kunda bu ishlarni tekshiruvi bilan Hisob palatasi shug‘ullanmoqda», deydi u.
Shundan so‘ng, shirkat rahbari bilan tomi yopilgan uylarni borib ko‘rdik. Aytilgan ishlarni quruvchi bajarib beribdi. Endi «Charxnovza» mahallasidagilar yomg‘irni xadik bilan qarshi olishmaydi, deb umid qilamiz.
Mavzuga oid
11:36 / 23.06.2026
4-5 qavatli uylar ham renovatsiyaga tushishi mumkin – Adliya vazirligi vakili bilan suhbat
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
08:25 / 06.06.2026