Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Qoshiqchi saudiyalik shahzodaning akasi bilan AQShda uchrashgan
Foto:Middle East Monitor / Handout via Reuters
Saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limidan bir necha oy oldin Saudiya Arabistonining AQShdagi elchisi Xolid bin Salmon bilan uchrashgan. Bu haqda NBC uch nafar manbaga asosan xabar bermoqda.
Saudiya Arabistonining AQShdagi elchisi Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning akasi hisoblanadi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ularning Vashingtondagi uchrashuvi yarim soat davom etgan. Jurnalist va elchi aynan nima haqida suhbatlashganiga aniqlik kiritilmagan, biroq NBC’dan ta'kidlashlaricha, Qoshiqchining o‘zi keyinchalik bu uchrashuvni «ijobiy» deya ta'riflagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Jamol Qoshiqchi bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.
ABC telekanalining nomini oshkor etishdan bosh tortgan saudiyalik amaldorga asosan xabar qilishicha, Jamol Qoshiqchi podshohlikning Istanbuldagi konsulligida «bo‘g‘ib o‘ldirilgan», bu holat u binoni tark etish va yordam so‘rashga uringanidan so‘ng yuz bergan.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026