Iqtisodiyot | 13:07 / 23.10.2018
21102
2 daqiqa o‘qiladi

Suhrob Xolmurodov AQSh kompaniyalariga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Askar Yakubov

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov Amerika kompaniyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga chaqirdi. U bu haqda Toshkentdagi O‘zbekiston-Amerika biznes-forumida ma'lum qildi.

«Umid qilamanki, bugun Amerika kompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonga yangicha nazar tashlashadi va katta iqtisodiy salohiyatga ega loyihalarni o‘zlari uchun aniqlaydilar», - deydi Xolmurodov.

U AQSh kompaniyalariga kimyo va neft-kimyo sanoati, geologiya qidiruv ishlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, agrosanoat kompleksini rivojlantirish investitsiya kiritish taklifi bilan chiqdi.

«Biz turizm infratuzilmasi, mehmonxona biznesi rivojlanishiga jiddiy e'tibor qaratyapmiz. Tarixiy shaharlarda, ayniqsa, mehmonxonalar keskin yetishmayotganini sezmoqdamiz. Tez rivojlanayotgan turizm sohasi noyob imkoniyatlaridan foydalanish va loyihalarda ishtirok etishga taklif qilamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi bosh vazir o‘rinbosari.

«O‘zbekiston - amalga oshirilmagan ulkan sarmoyaviy salohiyatga ega mamlakat. Biz ochiq muloqotga tayyormiz va sizga yangi O‘zbekistonda biznesni rivojlantirishga taklif qilamiz. Men O‘zbekiston va AQSh ishbilarmonlarini uzoq muddatli hamda samarali munosabatlarni rivojlantirish uchun birgalikda ishlashga chaqiraman», - deya qayd etib o‘tdi Xolmurodov.

Joriy yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekiston va AQSh tovar aylanmasini deyarli ikki barobarga oshirdi - 332 million dollarga. O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari ishtirokida 210 korxona faoliyat yuritadi, 2018 yil boshidan beri Amerika kapitali ishtirokida 25 korxona tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xolmurodov va Komilov O‘zbekiston prezidenti tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Germaniyaga borishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid