Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksika bilan chegaraga qancha qo‘shin jo‘natishini aytdi
Foto: Jim Lo Scalzo/EPA-EFE
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Meksika chegarasiga mamlakatga noqonuniy migrantlarni kiritmaslik uchun yetarli bo‘ladigan miqdorda qo‘shin yuboradi. Prezidentning so‘zlari USA Today tomonidan keltirilgan.
Trampdan Meksika bilan chegaraga qancha harbiy xizmatchi yuborilishi mumkinligi haqida so‘ralganda, u «ular qancha kerak bo‘lsa, shuncha bo‘lishini» ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, uning yana bir bor ma'lum qilishicha, demokratlar migrantlar bilan bog‘liq vaziyatda aybdordir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShga kelayotgan migrantlarga chaqiriq bilan chiqqandi.
Donald Tramp Markaziy Amerikadan kelayotgan migrantlarni Meksikaga boshpana so‘rab murojaat qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026