Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «migrantlar karvoni»da gangsterlarni aniqladi
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi vakili Tayler Xoultonning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Meksika chegaralariga yaqinlashayotgan «migrantlar karvoni»da jinoiy to‘dalar vakillari va «katta» jinoiy tarixga ega bo‘lgan shaxslar borligi qayd etilgan. Bu haqda Xoultonning tvitterida xabar beriladi.
«Ichki xavfsizlik vazirligi karvonda to‘dalarga a'zo bo‘lgan yoki jiddiy jinoiy tarixga ega bo‘lgan kishilar borligini tasdiqlaydi», - deyiladi idora vakilining xabarida.
Shuning uchun, Xoultonning ta'kidlashicha, yetti ming kishilik karvonni to‘xtatish milliy xavfsizlik masalasidir.
Shuningdek, vazirlik vakili Qo‘shma Shtatlarga kelmoqchi bo‘lganlarni, buni «to‘g‘ri va qonuniy» yo‘l bilan amalga oshirishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela «migrantlar karvoni»ga homiylik qilishda ayblangandi.
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pencning fikricha, Venesuela hukumati Qo‘shma Shtatlar va Meksika chegaralariga yaqinlashib kelayotgan «migrantlar karvoni»ni moliyalashtiryapti.
Pensning qayd etilishicha, Honduras yetakchisi Xuan Orlando Ernandes «karvon»ni moliyalashtirish uchun mablag‘ manbasi haqida aytgan - uning ma'lumotlariga ko‘ra, migrantlar guruhiga bu davlatdagi so‘l harakat homiylik qilyapti, u esa, o‘z navbatida, Venesuela hukumatidan pul oladi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026