Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Qoshiqchi ishi bo‘yicha kutilmagan bayonot bilan chiqdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining qotillari AQSh hukumati qo‘llab-quvvatlovisiz o‘z maqsadiga erisha olmagan bo‘lardi. Bu haqda siyosatchining rasmiy saytida xabar qilingan.
Ta'kidlanishicha, Ruhoniy Turkiyani xolis surishtiruv jarayonini o‘tkazishga chaqiradi. Prezident zamonaviy dunyoda bunday «tashkillashtirilgan qotillik» amalga oshirilganidan hayratga tushgan.
«... Men mamlakat Amerika Qo‘shma Shtatlarining qo‘llab-quvvatlovisiz bunday qotillikka qo‘l urmagan bo‘lardi, deb hisoblayman», - deya ma'lum qildi Ruhoniy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh 21 nafar saudiyalikka davlatga kirishni taqiqlagani xabar berilgandi.
Reuters’ning Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertga tayanib xabar qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Saudiya Arabistonining 21 nafar vakiliga Amerika vizalarini bekor qildi yoki davlatga kirishni taqiqladi, bu saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi sababli yuz berdi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026