Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha rahbari Germaniyani «Shimoliy oqim - 2»dan voz kechishga chaqirdi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida Polsha prezidenti Andjyey Duda GFR hukumatini «Shimoliy oqim - 2» gaz quvuri qurilishida ishtirok etishdan voz kechishga chaqirdi. Polsha prezidentining so‘zlari «Ukrinform» tomonidan keltirilgan.

Dudaning ma'lum qilishicha, ushbu loyiha «amalga oshirilmasligi kerak». Uning fikricha. «Shimoliy oqim - 2» Yevropadagi energetika muvozanatini buzadi, shuningdek, Yevropaning bir qator mamlakatlariga energetika xavfsizligi masalasida ziyon yetkazadi. Polsha rahbarining bildirishicha, gaz quvuri iqtisodiy emas, balki «geostrategik» loyihadir. Shuningdek, u Yevropa komissiyasi «Shimoliy oqim - 2»ga aniq salbiy baho bermaganidan hayron bo‘ldi.
Polsha prezidentining ta'kidlashicha, Yevropa davlatlari Qo‘shma Shtatlardan ko‘proq suyultirilgan gaz sotib olishlari kerak.
«Bu ham strategik siyosiy qaror», - dedi Duda.
Shtaynmayyer hamkasbining fikriga qo‘shilmadi va energetika resurslarini sotib olish masalasi iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha prezidenti Ukraina va Slovakiyaga xavf haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
08:50 / 15.04.2026