Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholi jon boshiga YaIM 7,4 mln so‘mni tashkil etdi
Foto: KUN.UZ
2018 yilning yanvar – sentabrida O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2%ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, YaIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar – sentabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 7 433 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5%ga yuqori.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 13,7%ni tashkil etgani va 4,5 % darajasida o‘sish qayd etilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:05 / 22.05.2026
Kasblar kesimida oyliklar qanday o‘zgaryapti?
09:37 / 19.05.2026
O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan ko‘chib kelinmoqda
09:31 / 16.05.2026
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan erkaklar soni ko‘proq - statistika
22:31 / 05.05.2026