Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2018 yilning yanvar – sentabrida Özbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. sömni taşkil etdi va ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2%ga ösdi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, YaIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar – sentabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni taşkil etdi.
Aholi jon boşiga hisoblangan YaIM 7 433 ming sömni taşkil etdi va bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,5%ga yuqoridir.
Iqtisodiy ösiş sur'ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan boğliqdir. Iqtisodiyotning barça tarmoqlarida yaratilgan yalpi qöşilgan qiymat (keyingi örinlarda YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 86,3%ini taşkil etdi va 5,3%ga ösdi (YaIM mutlaq ösişiga ta'siri 4,6 foiz punktni taşkil etdi).
Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi uluşi 13,7%ni taşkil etdi va 4,5 % darajasida ösiş qayd etildi (YaIM mutlaq ösişiga ta'siri 0,6 f.p.).
YaIM ösiş sur'atiga xizmatlar sohasi eng katta ta'sir körsatdi (2,5 f.p.) va bu soha ötgan yilning yanvar-sentabriga nisbatan 6,0%ga ösdi. Şundan, savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta'mirlaşni qöşgan holda) 3,9%ga, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar 5,6%ga, taşiş va saqlaş 3,9%ga, axborot va aloqa 17,0%ga va boşqa xizmatlar 6,4%ga ösdi.












