Jahon | 07:47 / 25.10.2018
12661
2 daqiqa o‘qiladi

Dovuldan keyin Gavayidagi orollardan biri suv ostiga ketdi

Foto: Google Maps

Gavayi arxipelagiga kiruvchi orollardan biri “Valaka” dovulidan keyin suv ostiga ketdi. 

AQShning baliq va yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlash xizmati sun'iy yo‘ldoshlaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Sharqiy oroli to‘liq suv ostiga g‘arq bo‘lgan. U shimoli-g‘arbiy atolldagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi orol bo‘lgan. Uning uzunligi bir kilometrni, eni 120 metrni tashkil qilgan. Orolda yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turgan yashil dengiz toshbaqalarining yarmiga yaqini yashagan. 

Arxipelag 24 ta orol va atolldan tashkil topgandi. Olimlar iqlim o‘zgarishi tufayli boshqa orollar ham yo‘q bo‘lib ketishidan xavotirlanishmoqda.

Mavzuga oid