Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Trampning telefoni Rossiya va Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan tinglanmoqda
AQSh maxsus xizmatlari prezident Donald Trampni shaxsiy telefoni yetarlicha himoyalanmagani borasida bir necha bor ogohlantirishgan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Maxsus xizmatlarning fikriga ko‘ra, Trampning telefonini Xitoy va Rossiya razvedkasi xodimlari tinglashmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp maxsus xizmatlarning tavsiyalarini e'tiborsiz qoldiryapti va yashirin ravishda tinglashdan yetarli darajada himoyalanmagan telefondan foydalanishni davom ettirmoqda.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Amerika maxsus xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy razvedkasi Tramp Pekin bilan savdo urushini kuchaytirish haqida o‘ylamayotganiga oydinlik kiritish maqsadida AQSh prezidentining telefonini tinglaydi.
Ta'kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya razvedkasini nisbatan kamroq tahdid, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putin bilan uchrashuvini tasdiqlab, Erdo‘g‘anning Qoshiqchi ishi bo‘yicha fikriga qo‘shilmagandi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
08:38 / 01.12.2025