Jahon | 08:53 / 25.10.2018
13657
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya va'da berdi

Foto: REUTERS

KXDR xalq qurolli kuchlari vaziri o‘rinbosari Kim Xyon Ryonning ma'lum qilishicha, mamlakat Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«KXDR keskinlikni kamaytirish va Koreya yarim orolida uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida o‘z majburiyatlari hamda rolini bajarishda davom etmoqchi», - deya ma'lum qildi u.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Inga ishonayotganini tan olgandi. Biroq, uning qayd etishicha, xato qilayotganini istisno etib bo‘lmaydi.

Donald Tramp, shuningdek, KXDR rahbari Kim Chen Indan kelgan maktublarni ko‘rsatishga va'da berdi, u ularni «mehrli», deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Kim Chen In hashamatli buyumlarga 640 mln dollar sarflagani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid