Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Eron neftidan voz kechmoqchi
Foto: Raheb Homavandi / Reuters
Xitoy Erondan neft sotib olishdan voz kechishga qaror qildi, deya xabar beradi The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda. Avvalroq, Pekin Tehronni qo‘llab-quvvatlab, unga nisbatan sanksiyalarga qarshi chiqib kelayotgandi.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, davlatning ikki yirik neft kompaniyasi: China National Petroleum Corporation (CNPC) va China Petrochemical Corp Eron neftini sotib olishdan voz kechadi. Bundan avval ular kuniga taxminan 600 ming barrel sotib olgan.
Bundan tashqari, CNPC’ga qarashli, Xitoyning eng yirik banklaridan biri Bank of Kunlun Eron bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Hozirgacha aynan u orqali Eron yoqilg‘isi yetkazib berilgani uchun to‘lovlar amalga oshirilgandi.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, qaror ikki asosiy sababga ega bo‘lishi mumkin: Eronga qarshi sanksiyalar joriy qilgan AQShning bosimi hamda Saudiya Arabistonidan neft narxining tushishi. Bunga podshohlikda qazib olish hajmining o‘sishi olib kelgan. Shu tariqa, hukumat jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq mojaroni biroz yumshatmoqchi.
Mavzuga oid
09:21
Tramp Eronga “juda qattiq choralar” va yana bir aviatashuvchi bilan tahdid qilmoqda
08:22 / 09.02.2026
Eronda Nobel mukofoti laureati 7,5 yil qamoqqa hukm qilindi
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:02 / 07.02.2026