Xitoy Erondan neft sotib olişdan voz keçişga qaror qildi, deya xabar beradi The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda. Avvalroq, Pekin Tehronni qöllab-quvvatlab, unga nisbatan sanksiyalarga qarşi çiqib kelayotgandi.
Gazeta ma'lumotlariga köra, davlatning ikki yirik neft kompaniyasi: China National Petroleum Corporation (CNPC) va China Petrochemical Corp Eron neftini sotib olişdan voz keçadi. Bundan avval ular kuniga taxminan 600 ming barrel sotib olgan.
Bundan taşqari, CNPC’ga qaraşli, Xitoyning eng yirik banklaridan biri Bank of Kunlun Eron bilan hamkorlikni töxtatişni rejalaştirmoqda. Hozirgaça aynan u orqali Eron yoqilğisi yetkazib berilgani uçun tölovlar amalga oşirilgandi.
Tahlilçilarning fikriga köra, qaror ikki asosiy sababga ega bölişi mumkin: Eronga qarşi sanksiyalar joriy qilgan AQŞning bosimi hamda Saudiya Arabistonidan neft narxining tuşişi. Bunga podşohlikda qazib oliş hajmining ösişi olib kelgan. Şu tariqa, hukumat jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi bilan boğliq mojaroni biroz yumşatmoqçi.












