Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning IIV instituti bo‘yicha qarori qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi malaka oshirish fakulteti, akademik litseylar bilan ishlash bo‘limi, modellashtirish va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlash kursi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti tashkil etilgan.
2018–2019 yillarda Malaka oshirish institutining o‘quv moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda bino va inshootlarini kapital ta'mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishi mumkin.
Belgilanishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Malaka oshirish instituti ichki ishlar organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi maxsus ta'lim muassasasi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallari (auditoriyalari) o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 243-uyning bo‘sh turgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Malaka oshirish institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi va unga Malaka oshirish instituti joylashtiriladi.
Quyidagilar 2018–2019 yillarda Malaka oshirish institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda bino va inshootlarini kapital ta'mirlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy kreditlar va grantlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Malaka oshirish institutini joriy saqlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Malaka oshirish instituti:
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari (bir nusxada) majburiy yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
axborot-resurs markazini mustahkamlash uchun bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning nazorat nusxalarini (bir nusxa) bepul oladigan tashkilotlar ro‘yxatiga;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda barcha Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallari (auditoriyalari)ni o‘quv jarayoni talablarini hisobga olgan holda, zamon talablari asosida ta'mirlanishi va eng zamonaviy o‘quv-texnika vositalari bilan jihozlanishi, shuningdek Malaka oshirish institutining masofadan (elektron) o‘qitish ta'lim tizimiga ulanishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026