Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan qaytib kelayotgan M.D. ismli shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida yurtimizga katta miqdordagi tamaki mahsulotlari kirib kelishining oldini olishdi.
Gap shundaki, ushbu avtomashinaning yo‘lovchi kabinasini “Samanta” laqabli xizmat iti yordamida tekshirish chog‘ida bojxonachilar avtomashinaga noqonuniy mahsulot yashirilganligini payqab qolishdi.
Shundan so‘ng avtomashina chuqur bojxona nazoratidan o‘tkazilganda xizmat itining xatti-harakatlari o‘z isbotini topdi, uning eshiklaridan panellari yechib ko‘rilganida, avtomashina old va orqa eshiklari orasida mohirona yashirilgan 887 quti “MILANO” va 50 quti “ESSE Light” yozuvli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Tekshiruv davomida haydovchi va yo‘lovchi kelishgan holda ushbu huquqbuzarlikni sodir etganligiga iqror bo‘lishdi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga topshirildi. Hozirda aniqlangan tamaki mahsulotlari hamda avtotransport vositasi huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yildi.
Ma'lumot o‘rnida: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yil davomida 21 ta holatda tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
Mavzuga oid
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024