Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida piyodani bosib ketgan haydovchi ushlandi
Huquq tartibot organlari Qamchiq dovonida piyodani mashinasida bosib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchini qo‘lga tushirishdi, deb xabar bermoqda IIV.
Avvalroq, 22 oktabr kuni Namangan viloyati, Pop tumani «Qo‘shminor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida noma'lum haydovchi rusumi aniqlanmagan avtomobilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida istiqomat qilib kelgan 41 yoshli fuqaroni urib yuborib, bosib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Yo‘l-transport hodisasini amalga oshirgan haydovchi piyodaga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochgan. Yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
«Yurtdoshlarimizning yordami sharofati bilan va o‘tkazilgan qidiruv-surishtiruv tadbirlari natijasiga ko‘ra «Lasetti» yengil avtomashinasida mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgani uchun Andijon shahrida yashovchi fuqaro B.Z. qo‘lga olingan», — deb xabar bermoqda IIV.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
12:18 / 01.03.2026
Dovon ortidagi qishloq: Chetsuvda bir kun
10:06 / 01.03.2026