Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova prezidenti beshinchi marta lavozimidan chetlatiladi
Moldova prezidenti Igor Dodon o‘z lavozimidan beshinchi marta chetlatiladi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Andrian Kandu ma'lum qildi.
Kanduning aytishicha, bunga Dodon tomonidan parlament qabul qilgan ikki qonun loyihasini imzolashdan bosh tortishi sabab bo‘lgan. Dodon respublika maydoni joylashgan yerning AQSh elchixonasiga berilishi hamda Yevropa kunini 9 mayda G‘alaba kuni bilan bir kunda nishonlash loyihalarini imzolashdan bosh tortgan.
Parlament raisining fikricha, Dodon televideniye va radio haqidagi yangi kodeksni ham rad etmoqchi va shu sababli hukmron koalitsiya uning lavozimidan chetlatilishini va vakolatlarining bosh vazir Pavel Filipga berilishini talab qiladi.
“Bu yuz bermasligi kerak. Har birmiz, yoqadimi-yo‘qmi, konstitutsiyada belgilangan o‘z majburiyatlarimizni bajarishimiz kerak”, deb aytgan Kandu.
Ma'lum qilinishicha, prezident va bosh vazir o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli mamlakatdagi parlament saylovlaridan keyin konstitutsiyaviy islohot o‘tkazilib, davlat boshqaruvi parlament shakliga o‘tkaziladi.
Avvalroq Dodon Kandu tayinlagan ikki yangi vazirni tasdiqlashdan bosh tortgani uchun lavozimidan chetlatilgan.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
15:16 / 21.02.2026