Jamiyat | 22:25 / 27.10.2018
21593
2 daqiqa o‘qiladi

Voyaga yetmaganlarga tajovuz qilgan shaxs jazoga tortildi

Joriy yil oktabr oyining 26 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida sudlanuvchi X.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi «a» bandi (qurol va qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib) bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudning aniqlashicha, X.O. 14 avgust kuni soat 20:30 da o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida, “Kastet”dan qurol sifatida foydalanib, maktabi binosi oldida, voyaga yetmagan 2002 yilda tug‘ilgan I.T. va 2004 yilda tug‘ilgan A.K.ga hujum qilgan. I.T.ga tegishli narxi 1.580.000 so‘m bo‘lgan “ACER” rusumli uyali telefon apparatini olib, voqea joyidan yashiringan. 

Sud jinoyat ishi hujjatlarni tahlil qildi va sudlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi JK 164-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topdi. Sudlanuvchiga 3 (uch) yil 6 (olti) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilandi.

Mavzuga oid