Jahon | 11:36 / 29.10.2018
2953
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada prezidentlik saylovlarining 2-turi o‘tkaziladi

Foto: REUTERS/Tornike Turabelidze

Gruziya Markaziy saylov komissiyasi davlat rahbari lavozimi uchun saylovlarning ikkinchi turini o‘tkazish zarurligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, saylovlarning birinchi turida prezidentlikka mustaqil nomzod Salome Zurabishvili 38,6% ovoz to‘pladi. Shu bilan birga, prezidentlik saylovlari dastlabki turida yakuniy g‘alaba uchun ovozlarning 50 foizini olish kerak.

Ovozlarning 37,75%ini olgan muxolifatdan nomzod, Zurabishvili raqibi Grigor Vashadze ham ikkinchi turga chiqdi. Ta'kidlanishicha, ma'lumotlar uchastkalardan olingan axborotning 98,25 foizini qayta ishlash yakunlari bo‘yicha olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyadagi prezidentlik saylovlarida Zurabishvili yetakchilik qilayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid