Jahon | 17:54 / 29.10.2018
18220
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy maqsadini aytdi

Foto: REUTERS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning rejalashtirilayotgan uchrashuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad «soatlarni tekshirib olish». Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

«Bunday uchrashuvning asosiy maqsadi - soatlarni tekshirib olish», - dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarida an'anaviy ravishda ko‘plab savollar bor, ular bo‘yicha o‘zaro fikr almashib olish kerak.

«Strategik barqarorlikka oid ko‘plab masalalar mavjud, xususan, AQSh tomoni O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha bitimdan chiqmoqchi ekani haqida bayonotlar berganidan keyin», - deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, kun tartibiga ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalarni kiritish ham rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Putinni Vashingtonga taklif qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid