AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Bolton sözlariga köra, Oq uy Rossiya yetakçisi Vladimir Putinni Vaşingtonga taklif qilgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bolton Tbilisiga qilgan taşrifi doirasida bunday bayonot bilan çiqdi.
«Biz prezident Putinni Vaşingtonga taklif qildik», - dedi Bolton.
Şu bilan birga, Bolton hozirgi vaqtda Rossiya prezidenti taklifni qabul qilgani yoki qilmagani noma'lum bölib turganiga aniqlik kiritdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp va Putinning navbatdagi şaxsiy uçraşuvi 11 noyabr kuni, Birinçi jahon uruşi yakunlanganining 100 yilligiga bağişlangan tadbirlar doirasida bölib ötişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Trampning yordamçisi oldida AQŞ gerbi haqida hazillaşgandi.













