Jahon | 17:14 / 29.10.2018
33725
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya NATOga shartini ma'lum qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushkoning ma'lum qilishicha, NATO rahbariyati qarama-qarshilikdan bosh tortmaydigan bo‘lsa, Rossiya bilan normal munosabatlarga qaytishi imkonsizdir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bugun bizga shu narsa aniq ma'lumki, agar Rossiya - NATO munosabatlariga qaytsak, NATOning hozirgi qarama-qarshilik siyosatidan bosh tortishi yuz bermasa, normallikning tiklanishi imkonsizdir», - dedi Grushko.

U bu haqda «NATOning kelajagi: noaniqliklar manbalari va ehtimoliy rivojlanish ssenariylari», deb nomlangan ekspertlar muhokamasi davomida ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi barcha muammo Rossiyaning o‘zini tutishida ekanini aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid