Jamiyat | 11:00 / 29.10.2018
63683
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi tungi poyga vaqtida bir kishi halok bo‘ldi

27 oktabrdan 28 oktabrga o‘tar kechasi, taxminan soat 2:00da «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi o‘z avtotransportini haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib, YPX inspektorining to‘xtash belgisiga bo‘ysunmasdan belgilangan tezlikni oshirgan holda voqea joyidan berkinishga uringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Huquqbuzar avtomobili Shayxontohur tumani Olmazor va Islom Karimov ko‘chalari tutashgan chorrahadan katta tezlikda svetoforning harakatni taqiqlaydigan signalini e'tiborga olmasdan o‘tib ketib «HOWO» rusumli mikser yuk mashinasiga urilgan. 

YTH natijasida «Lacetti» haydovchisi - 29 yoshli Jo‘rabek A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Yengil mashina yo‘lovchisi – 26 yoshli Shahboz X. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo‘ldi. 

YTH fakti asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Tergov davomida YTH sabablari va haydovchining tezlikni oshirishiga sabab bo‘lgan holatlar aniqlanadi. Huquqbuzarni ta'qib qilib kelgan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. 

Mavzuga oid