O‘zbekiston | 10:12 / 29.10.2018
5703
2 daqiqa o‘qiladi

Tumanlar markazlarida psixologiya markazlarini tashkil etish taklif qilindi

Foto: Pixabay

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tumanlar markazlarida psixologiya markazlari faoliyatini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Kundan-kunga turli sabablarga ko‘ra fuqarolarda malakali psixologlar xizmatiga ehtiyoj ortib bormoqda. Yuqori sifatli psixologik yordam ko‘rsatish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish fuqarolarning salomatligi va sog‘ligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli, har bir tumanda psixologiya markazlarini ochishni taklif qilaman, deb yozadi murojaat muallifi.

Qayd etilishicha, markaz psixologik yordamga muhtoj insonlar: yolg‘iz ayollar, yolg‘iz qolgan keksalar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 

Tajribali psixologlarning bilim va tajribalaridan unumli foydalanish aholining ruhiy salomatligini saqlash va ularning hayotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi, deyiladi petitsiyada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda suitsidolog va psixiatriyaga aloqador shifokorlar yetishmayotgani keskin tanqid ostiga olingandi.

Mavzuga oid