O‘zbekistonda suitsidolog va psixiatriyaga aloqador shifokorlar yetishmayotgani keskin tanqid ostiga olindi

Foto: Fotolia/ rogerphoto
2018 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.
Majlisda psixiatriya muassasalarida bemorlarni davolash va ularga qarash, psixiatriya muassasalarining moddiy-texnik negizini yaxshilash, zamonaviy diagnostika va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari muhokama etildi.
Majlisda qayd etilganidek, respublikada 25 ta psixiatriya muassasasi faoliyat yuritmoqda, ular tomonidan doimiy ravishda profilaktika va davolash ishlari olib borilmoqda. Shunga qaramay qator muammolar hal etilmay qolib ketmoqda. Eng dolzarb muammolardan biri sifatida joylarda psixiatr shifokorlarining yetishmasligi hamda psixiatriya muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlari sust olib borilayotganligidir.
O‘rganish ko‘rsatishicha, ish haqining pastligi, shifokorlarning sog‘lig‘i va hayoti ijtimoiy sug‘urtalanmaganligi sababli ko‘plab kadrlar, ayniqsa yoshlar ishdan bo‘shab, xususiy klinikalarga o‘tib ketmoqda.
Misol uchun, 2018 yilning birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha 74 nafar mutaxassis, shu jumladan ularning 16 nafari oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari sohada ishlashni boshlagan bo‘lsa, yarim yillikning oxiriga kelib ularning 89 foizi, ya'ni 66 nafari sohani tark etgan.
Soha uchun muhim bo‘lgan mutaxassislar – suitsidolog va psixiatriyaga aloqador boshqa tor ixtisosliklar bo‘yicha shifokorlar yetishmayotganligi keskin tanqid ostiga olindi.
Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan tashqari mamlakatning birorta mintaqasida suitsidologiya bo‘yicha mutaxassislar mavjud emasligi qayd etildi. Majlis ishtirokchilari sohada ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasiga to‘xtalib, bugungi kunda respublikada psixiatr-narkolog umuman mavjud emasligini ta'kidlab o‘tishdi. Psixiatriya muassasalarida shtat birliklarining yetishmasligi bemorlarga qarashda, ularning fe'l-atvorida tajovuzkor holat yuzaga kelgan vaqtda zarur choralar ko‘rsatishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda. Buning oqibatida tibbiyot xodimlariga tan jarohati yetkazish holatlari uchrab turibdi.
Bu borada tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, kadrlar sonini ko‘paytirish, yosh malakali mutaxassislarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish zarurligiga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, tadbirda sohada kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining axboroti eshitildi. Muhokama chog‘ida majlis ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi.
Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:35
-
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video
Jahon | 16:02
-
Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiya askarlarini yubormoqda
Jahon | 15:59
-
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

13:44 / 30.05.2025
Yilning birinchi choragida salkam 1 mlrd dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatildi

17:52 / 29.05.2025
Qonunbuzarlikda gumon qilinganlarning xorijga chiqishini vaqtincha taqiqlovchi qonun ma’qullandi

18:54 / 28.05.2025