Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytiradi
Joriy yilning 23-27-oktabr kunlari Xitoy poytaxti Pekinda O‘rmonchilik bo‘yicha 4-Xalqaro Kongress bo‘lib o‘tdi. Anjuman BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi (FAO), O‘rmon xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi tashkilotlar xalqaro uyushmasi (IUFRO), Xitoy milliy O‘rmonchilik va ko‘kalamzorlashtirish vazirligi, Xitoy o‘rmon xo‘jaligi akademiyasi ta'sischiligida tashkil etilgan.
Kongressda 70dan ziyod davlatlar va 10dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlardan o‘rmonchilik sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar hamda yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Kongressning dastlabki uch kunida dunyodagi sohaning yetakchi olimlari, tadqiqotchilari tomonidan o‘rmonchilik sohasida, jumladan cho‘l va nam tanqis hududlarda o‘rmon barpo etish ishlarini tashkil etish, uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy ma'ruzalar bo‘lib o‘tdi.
Kongressda tinglangan ma'ruzalar, berilgan takliflar va bildirilgan mulohazalarga ko‘ra, ayniqsa, qurg‘oqchilik va boshqa hududlarda degradatsiyaga uchragan maydonlarni o‘zlashtirish, o‘rmon va yaylovlar barpo etishni jadallashtirish, cho‘llanishga qarshi samarali kurashish, bunday hududlarda yashayotgan aholi uchun barqaror ijobiy ekologik sharoit yaratish, ularning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalalarida xalqaro hamkorlikni, jumladan, ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.
Ushbu kongressda O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari - O‘rmon xo‘jaligi ITI direktori, professor A.Hamzayev O‘zbekistonda o‘rmonchilik sohasida olib borilayotgan ishlar, so‘nggi yillardagi salmoqli ijobiy o‘zgarishlar, ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari haqida ma'ruza qildi.
Ma'ruzada Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini kamaytirish, hududda va qum zararli tuzlarni ko‘chishini, yo‘llar va aholi yashash hududlarini qum bosishini oldini olish, Markaziy Osiyoning Orol dengizi mintaqasida barqaror ekologik holatni tashkil etish maqsadida hamkorlikda tadbirlar va ilmiy tadqiqotlar olib borish lozimligi taklifini o‘rtaga tashladi.

Kongress ishi davomida O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan O‘rmon xo‘jaligida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi tashkilotlar xalqaro uyushmasi (IUFRO), Xitoy o‘rmon xo‘jaligi akademiyasi (CAF), Koreya o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti, Mo‘g‘uliston milliy universiteti, Eron o‘rmonchilik va yaylovshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik uchun memorandum imzolashga va kelgusida hamkorlikda o‘rmonchilikdagi muammolar bo‘yicha tadqiqotlar olib borishga kelishildi.
Mavzuga oid
10:06 / 06.11.2024
Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi
10:16 / 27.05.2024
O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda
14:21 / 20.02.2024
Turizm qo‘mitasi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi
12:51 / 23.01.2024