O‘zbekiston | 18:09 / 29.10.2018
23620
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2023 yilgacha metanoldan benzin ishlab chiqara boshlaydi

Foto: AFP/Getty Images

2022 yil oxirida Janubiy Koreyaning GS Engineering & Construction Corporation kompaniyasi O‘zbekistonda metanoldan benzin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida «Navoiyazot» AJ bazasida dastlabki qiymati 200 mln dollar bo‘lgan yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishni tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish jadvaliga ko‘ra, dekabrda GS, «O‘zkimyosanoat» va «Navoiyazot» loyihani amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishga oid ta'sis hujjatlarini imzolash niyatida. Korxona quvvatlari yiliga 104,3 ming tonna metanoldan benzin va 14,4 ming tonna propan-butan aralashmasini tashkil etadi.

2019 yil oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash rejalashtirilmoqda.

2020 yil may oyida qurilishni boshlash va 2022 yil dekabrda korxonani ishga tushirish mo‘ljallanyapti.

Mavzuga oid