Jahon | 23:14 / 30.10.2018
17621
2 daqiqa o‘qiladi

31 yil avval o‘g‘irlangan farzand onasiga qaytarildi

Foto: tpsnews.ca

Kanadalik ayol 31 yildan keyin 1987 yilda o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘li bilan uchrashdi.

O‘sha vaqtda 1 yosh 9 oylik bo‘lgan Jyermeyn Allan Mann otasi bilan uchrashuvdan keyin yo‘qolib qolgan. Bolani Kanadaning Toronto shahri politsiyasi qidirgan, so‘ngra operatsiyaga AQSh huquq-tartibot idoralari qo‘shilgan. Biroq ko‘p yillik urinishlar naf bermagan.

Aniqlanishicha, Jyermeynning otasi o‘g‘lini AQShga olib ketgan va u yerda ko‘p yillar davomida boshqa nomlar ostida yashirinib yurgan. Bolani esa onasi bolaligida o‘lib ketgan deb hisoblab yurgan.

Aldov ota davlat imtiyozlari bilan uyni ijaraga olmoqchi bo‘lganda fosh bo‘lgan. Dastlab u tomonidan taqdim qilingan hujjatlar qalbaki ekani aniqlangan, so‘ngra erkakning fotosurati yuzni tanish tizimidan o‘tkazilganda, u Kanadada yo‘qolgan bolaning otasi ekanligini ma'lum qilgan. Endi erkak yolg‘on guvohlik uchun jinoiy jazoga tortilishi va Kanadaga ekstraditsiya qilinishi mumkin.   

Hozir 33 yoshda bo‘lgan Jyermeyn u bilan uchrashish uchun Kanadadan kelgan onasi bilan uchrashgan. “Mening hissiyotlarimni so‘z bilan ta'riflab bo‘lmaydi. Uni ko‘rganimda “Tangrim, bu mening bolam” deb yubordim”, deb eslagan ayol. Ona-bola diydorlariga to‘yib olishgach, ayol ortga qaytib ketgan.

Mavzuga oid