Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxmal tumanidagi tog‘li hududda harbiy xizmatchilar shartli yaradorlarni qutqardi
Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari Baxmal tumanida joylashgan tog‘li hududda murakkab amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.


Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida tik qoyali joylarda yaralanganlarni evakuatsiya qilish, tog‘ tabiiy to‘siqlarini yengib o‘tish va o‘quv jangovar vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.


«Shu kunlarda qishki mashqlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Qor va izg‘irin ayozda yashovchanlikni oshirish bo‘yicha mashqlar o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Barcha zarur anjomlar bilan mana shu tog‘larga chiqib, bir sutkalik mashg‘ulotlarni guruhlar miqyosida musobaqa tarzida tashkillashtirishni ko‘zda tutganmiz», – deydi serjant Alisher Kattaqulov.

Harbiy qism qo‘mondonligi ta'kidlashicha, shaxsiy tarkibning mashg‘ulotlari bir-birini takrorlamaydigan, aksincha, bir-birini to‘ldiradigan yangi usullarda o‘tkazilmoqda. Bunda tog‘ sharoitlarida bo‘linmadan ajralgan holda mustaqil harakat qilish va shu orqali harbiy xizmatchining bardoshi va irodasini chiniqtirish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
08:41 / 15.04.2026
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
14:37 / 21.03.2026