Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashi Donbassdagi saylovlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
BMT Xavfsizlik kengashi 30 oktabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat tungi 12da Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida («DXR» hamda «LXR») 11 noyabrga belgilangan saylovlarni muhokama qilish uchun yig‘iladi. Bu haqda «Ukrinform» Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Oleg Nikolenkoga asosan xabar bermoqda.
Nikolenkoning so‘zlariga ko‘ra, Xavfsizlik kengashidagi yig‘ilish Ukraina tomoni tashabbusi bilan o‘tkaziladi. Shuningdek, uning eslatishicha, Ukraina janubi-sharqidagi vaziyat so‘nggi bor bu yerda 29 may kuni muhokama qilingan.
«Ko‘rib turganimizdek, vaziyat o‘shandan buyon tobora keskinlashib bordi», - deya aytib o‘tdi Nikolenko.
Uning ta'kidlashicha, Kiyev Moskvani Minsk kelishuvlarini buzganlikda ayblamoqchi, shuningdek, Azov dengizidagi «rus provokatsiyalari» haqida xalqaro hamjamiyatni ogohlantirmoqchi. Shu bilan birga, u gap qanday «provokatsiyalar» haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya portlariga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
15:45 / 10.07.2026